System Of A Down guruhining O`zbekistondagi fanatlari sayti

Haqiqiy rock! Aniqrog`i, orient nu-metal. Lekin, umuman katta rockda ham o`z ovozlari bor. Expressive trash. To`g`ridan-to`g`ri trash deb bo`lmaydi, chunki birmuncha "qog`oz"ga o`ralgan. Qisqasi, superb!

Men S.O.A.D.ni ularning "Toxicity" ashulasini eshitganimdan keyin o`zim uchun kashf qildim. Buni qarangki, hard diskimda ikkita clipi bor ekan. Ko`rib chiqqanimdan keyin ko`proq yoqa boshladi: juda zo`r va ajabtovur! Menga o`zi g`alati narsalar yoqadi. Original rockerlar!

Endi System Of A Down haqida ozgina. Albatta, ularning saytida ko`proq va batafsilroq ma`lumotlar bor, lekin fan-siteda ham oz-moz bio bo`lishi kerak. Guruh a`zolari armani Americaliklar. Ha, ha, ularning ajdodlari armanistonlik. G`alati kombinaciya: Kavkaz va rock. Menimcha, aynan shu kombinaciya ajoyib natijaga olib kelgan. Ulardan ikkitasi Livanda tu`gilgan, biri Armanistonda, yana boshqasi esa Amriqoda.

Guruhning ikkinchi albomi "Toxicity" 2001 yil 12 sentabrda chartlarga chiqdi. E`tibor bering: 11 sentabrdagi terroristik hujumlardan bir kungina o`tib. Balki, hotirjamligini yo`qotgan dunyo uchun bu qandaydir panaceya bo`lgandir.

Band tarkibi:

Serj Tankian - solist: "Bizning musiqamiz doim muhim, savolga boy va tanqidiy bo`lib kelgan, va shunday bo`lib qolayotir".

Daron Malakian - gitarist va qo`shiqchi: "Biz haqiqatan ham yoqimli bandmiz - shu sababli odamlar bizni eshitishyapti".

John Dolmayan - drummer.

Shavo Odadjian - bass gitarist.

Qo`shiqlar

Poster

Fikr bildiring

System Of A Down

 

Daron Malakian Serj Tankian John Dolmayan Shavo Odadjian

Hosted by uCoz